Senator Qashqadaryoda bitiruvchilar bandligini taʼminlash ishlari bilan tanishdi

10:23 19 Sentyabr 2025 Siyosat
61 0

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzosi Zumrad Bekatova xizmat safari doirasida Qashqadaryo viloyatida boʻlib, bitiruvchilar bandligini taʼminlash va fuqarolar murojaatlarini oʻrganish ishlari bilan tanishdi.

Dastlab senator Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtgan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari bilan uchrashdi. Muloqot davomida tuman va shaharlarda bitiruvchilar bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hali ishga joylashmagan yoshlar bilan individual suhbatlar oʻtkazish va ularning ish bilan taʼminlanishida masʼul tashkilotlar javobgarligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shu kuni senator Qarshi tumanidagi “Pashton” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ham uchrashdi. Ularda hududda maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi boʻyicha masala koʻtarilgan boʻlib, oʻrganish jarayonida tuman hokimligi hamda viloyat taʼlim boshqarmasi mutasaddilari bilan muloqot qilindi.

Shuningdek, sud hujjatlarini ijro etish bilan bogʻliq murojaat oʻrganilib, Majburiy ijro byurosi masʼullari bilan vaziyat muhokama qilindi. Qarzdorning mol-mulki mavjud emasligi sabab ijroni amalga oshirish qiyinchilik tugʻdirayotgani maʼlum boʻldi. Shunga qaramasdan, mutasaddilar tomonidan mazkur masala imkon topilishi bilan hal etilishi bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер