Saudiya Arabistonida SI shifokor klinikasi ochildi
Illyustrativ foto
Xitoyning “Synyi AI” kompaniyasi Saudiya Arabistonining Al-Ahsa viloyatida dunyodagi birinchi sunʼiy intellekt shifokor klinikasini ochdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar qildi.
Klinikada bemorlarni sunʼiy intellekt asosidagi “Dr. Hua” nomli virtual shifokor qabul qiladi. U planshet orqali shikoyatlarni toʻplaydi, tibbiy koʻrsatkichlarni tahlil qiladi va davolash rejasini beradi. Keyin esa bemorni haqiqiy shifokor tekshiradi.
“Sinovning oldingi bosqichida sunʼiy intellekt xatolari darajasi 0,3 foizdan kam edi”, deydi “Synyi AI” bosh direktori Chjan Shaodyan.
Taʼkidlash joiz, hozirda “Dr. Hua” 30 ta nafas olish kasalliklari bilan ishlayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring