Saudiya Arabistonida Xiva shahriga bagʻishlangan maqola eʼlon qilindi
Saudiya Arabistonining “Swift News” elektron nashri sahifasida “YUNESKO Oʻzbekistonning Xiva shahrini jahon merosi sifatida qabul qilgan” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda Xiva osoyishta va sayyohlik shahar boʻlib, u Osiyodan Yevropagacha choʻzilgan qadimgi Buyuk Ipak yoʻli boʻyida joylashgani, 2500-yillik tarixga ega ushbu koʻhna kent Oʻzbekistonning eng goʻzal sayyohlik markazlaridan biri ekanligi oʻquvchilarning eʼtiboriga havola qilingan. “Koʻhna tarix va noyob meʼmorchilik namunalariga ega Xiva shahri YUNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan”, deb yozadi elektron nashr.
Shuningdek, maqolada Xivadagi madrasa, masjid, minora va saroylar XVII-XX asrlarda mavjud boʻlgan Xiva xonligi davriga xosligi, ularda ushbu betakror inshootlarni barpo etgan meʼmorlarning isteʼdodi namoyon ekanligi qayd etilgan.
“Xiva shahrining tor koʻchalari boʻylab yurar ekansiz, paxsa uylar orasida adashib ketishingiz mumkin. Hunarmandlar ota-bobolari singari metall va yogʻochdan turli oʻymakorlik mahsulotlarini hali ham yasashadi”.
Yuqoridagilar bilan birga, maqolada Kalta Minor, Tosh saroy, eski shahar devorlariga doir maʼlumotlar ham qalamga olingan.
Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, Saudiya Arabistonidagi mashhur elektron nashrlaridan biri hisoblanadigan “Swift News” elektron nashri siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarga oid xabar va maqolalarni yoritishga ixtisoslashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring