Sarqipchoq obodlikka yuz tutmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Jomboy tumanining chekka hududlaridan biri boʻlgan Sarqipchoq mahallasida yoʻl, toza ichimlik suvi, elektr energiyasi taʼminoti, aholi bandligi yuzasidan bir qator muammolar mavjud. Ular bosqichma-bosqich hal etilayotgan boʻlsa-da, mahallada kompleks dasturni amalga oshirish va odamlar hayotini oʻzgartirish, yigʻilib qolgan masalalarga yechim topish zarurati bor edi.
Yurtimizda “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” dasturi mezonlari asosida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar Sarqipchoq mahallasidagi muammolarga barham berishda ham qoʻl kelmoqda.

Mazkur mahallada Prezident Administratsiyasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ezgu ishlar boshlangan. Har bir qishloq, koʻcha va xonadon boʻyicha bajariladigan yumushlar respublika va viloyat ishchi guruhi tomonidan uyma-uy oʻrganib chiqildi. Ikki marta sayyor qabul oʻtkazildi. Xatlov natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun mahallada amalga oshiriladigan barcha ishlarga viloyat toʻrtinchi sektori rahbari masʼul etib belgilandi.
Sarqipchoq mahallasidagi 2,5 kilometr ichki yoʻllarga shagʻal yotqizilmoqda, markaziy koʻchalar asfaltlanadi. Ikkita transformator va 1,5 kilometr elektr uzatish tarmoqlari mukammal taʼmirlanib, 1,1 kilometr uzunlikdagi 10 kVt yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi rekonstruksiya-modernizatsiya qilinadi. Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish holati ham oʻrganilib, qoʻshimcha gaz ballonlari tarqatilmoqda.

Mahalladagi taʼlim va tibbiyot muassasalari taʼmirlanadi. Bundan tashqari, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkiloti, sport maydonchalari tashkil etiladi.
— Tuman markazidan ancha olisda joylashgan bizning Sarqipchoq mahallasida 3 ta qishloq, 27 ta koʻcha mavjud boʻlib, 3240 nafar aholi istiqomat qiladi, — deydi MFY raisi Sirojiddin Eshbekov. — Mahallamiz chin maʼnoda obodlikka yuz tutmoqda. Mavjud muammolar birma-bir oʻrganilib, ularga yechim topilyapti. Bundan mahalladoshlarimiz behad mamnun.

Bugungi kunda ushbu mahallada keng koʻlamli bunyodkorlik ishlar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring