Sardor Rustamboyev Oʻzbekistonning Bangladeshdagi yangi elchisi boʻldi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekistonning Bangladeshdagi elchisi Sardor Rustamboyev ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad Shahobuddinga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tantanali marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Bangladesh oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Shuningdek, uchrashuvda Bangladesh hukumatining mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratayotgani bildirilgan.
Toʻqimachilik, farmatsevtika va charm sanoati kabi sohalarda sheriklik uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi. Bangladesh tomoni ushbu yoʻnalishlarda tajriba almashish va yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, muloqotda madaniy-gumanitar, xususan, turizm va oliy taʼlim sohalaridagi sheriklikni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Muhammad Shahobuddin Oʻzbekistonni Bangladeshning Markaziy Osiyodagi asosiy mintaqaviy sherigi va ishonchli doʻsti deb atagan. U soʻnggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan jadal islohotlar va izchil tashabbuslar tufayli mamlakatimizning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va imiji yuksalib borayotganini alohida taʼkidlagan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Bangladesh oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 15-oktyabrda oʻrnatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring