Samarqandning “Dinamo” futbol klubi Superligadagi hakamlikdan norozi
20-avgust kuni Oʻzbekiston Superligasining 20-turi doirasida Samarqandning “Dinamo” klubi Jizzaxda “Soʻgʻdiyona” jamoasi bilan kuch sinashdi. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Mazkur oʻyindan keyin “Dinamo” hakamlik masalasi yuzasidan Oʻzbekiston professional futbol ligasiga shikoyat xati yoʻlladi.
Quyida samarqandliklarning eʼtirozlari aynan qaysi voqealarga nisbatan ekanligi keltirib oʻtiladi:
• 3-daqiqa: Anvarjon Hojimirzayevning Ivanovich tomonidan jarima maydonchasi ichida toʻxtatib qolinishi;
• 9-daqiqa: Sanjar Qodirqulovning hakam tomonidan ogohlantirilishi;
• 11-daqiqa: Anvarjon Hojimirzayevga nisbatan ishlatilgan qoʻpollikka nisbatan bosh hakamning qarori;
• 31-daqiqa: Fransisko Ferreyra hamda Suhrob Izzatov oʻrtasidagi kurashga nisbatan bosh hakamning reaksiyasi;
• 75-daqiqa: “Soʻgʻdiyona” futbolchisi Nodirjon Soyibovning maydondan chetlatilmagani;
• 90+6-daqiqa: “Dinamo” darvozasiga penalti belgilanishi.
Liga mutaxassislari ham mazkur vaziyatlarni oʻrganib chiqqach, yuqorida qayd etilgan holatlarning ayrimlariga nisbatan ularda ham savollar paydo boʻldi. Endilikda “Dinamo” klubining shikoyati yuzasidan OʻzFHM tushuntirish berishi talab qilinadi va mazkur javob Liga sahifasida eʼlon qilinadi.
Liga hakamlarni oʻqitish, ularni uchrashuvlarga tayinlash, hakamlikni baholash va ularni jazolash vakolatiga ega emas. Biroq hakamlarning uchrashuvlarda faoliyat olib borishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar Liga tomonidan qoplab beriladi. Shundan kelib chiqib, klublar hakamlikka nisbatan shikoyat kiritgach, PFL ularga rasmiy tushuntirish berishni OʻzFHM rahbariyatidan talab qiladi.
Maʼlumot uchun, aynan ushbu oʻyindan soʻng boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov hakamlikni tanqid qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring