Samarqanddan qariyb 9 ming tonna uzum eksport qilindi
Foto: Sputnik
Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Samarqand viloyatidan xorijga umumiy qiymati 11 million AQSH dollari boʻlgan vazni qariyb 9 ming tonna uzum mahsulotlari eksport qilindi. Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda jonbozlik koʻrsatayotgan eksportchi korxonalar faolligini alohida taʼkidlab oʻtish joiz. Quvonarlisi shuki, ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari dunyo bozorlarida oʻz mahsulotlari bilan oʻrin egallashmoqda.
Masalan, Samarqand tumanidagi «Sam Rin Treyd» qoʻshma korxonasi 2020-yil hosilidan chetga qiymati 1,1 mln. AQSH dollari, vazni 655 tonna, Jomboy tumani «Toʻlaqoʻrgʻon mevalari» fermer xoʻjaligi qiymati 0,7 mln. AQSH dollari, vazni 434,5 tonna hamda Kattaqoʻrgʻon tumani «Qoqsoy savdo barakasi» MCHJ qiymati 500 ming AQSH dollari, vazni 289,2 tonnaga teng uzum mahsulotlarini eksport qilishgan.
Maʼlumot tariqasida shuni aytib oʻtish joizki, bugun viloyatning 92 taga yaqin korxonalari tomonidan uzum mahsulotlarini eksport qilish yoʻlga qoʻyilgan.
Eksport qilinayotgan uzumlar koʻlamini davlatlar misolida koʻradigan boʻlsak, asosan qiymati 2,8 mln. AQSH dollari, vazni 2 310,5 tonnaga teng Xitoy, qiymati 2,2 mln. AQSH dollari, vazni 1 381,8 tonnaga teng Turkiya, qiymati 1,5 mln. AQSH dollari, vazni 1 436,2 tonnaga teng Rossiya, qiymati 1,0 mln. AQSH dollari, vazni 1 283,0 tonnaga teng Qozogʻiston va qiymati 400 ming AQSH dollari, vazni 265, tonnaga teng Gruziya davlatlari ulushiga toʻgʻri kelib, bundan tashqari yana 27 davlatning savdo rastalaridan oʻrin olmoqda.
Darhaqiqat, ona zaminimiz tuprogʻi oltinga teng. Bugun qadalgan urugʻ ertaga moʻl hosil beradi. Mamlakatimizda yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz ekinlari va uzum jahon bozorida yuqori baholanadi, shuning uchun ularga xaridor koʻp. Bu esa oʻz mamlakatimiz eksport salohiyati yana-da yuksaltirishga undaydi, natijada yangi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalar ishga tushishi tezlashadi, iqtisodiy barqarorlik taʼminlanadi, aholi farovonligi oshadi.
“Oʻz oʻrnida har bir korxonaning eksport operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarini qisqa vaqt mobaynida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish borasida bojxona xodimlari tomonidan 24 soat davomida yaqindan yordam koʻrsatilmoqda” deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring