Samarqanddagi xususiy tug‘uruqxonada o‘nlab chaqaloqlar vahshiylarcha o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Samarqand shahridagi xususiy tug‘uruqxonalarning birida muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlar sotilganligi, sotishga to‘g‘ri kelmaganlari esa vahshiylarcha o‘ldirilganligi ma’lum bo‘ldi.
“Huquq” gazetasining 14 iyundagi sonida xabar berilishicha, Samarqandda sun’iy abort yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan Nigora Solixonova boshqaruvidagi xususiy tug‘uruqxona aniqlangan.
Shifoxona boshqaruv xodimlari tirik tug‘ilgan chaqaloqlarni soxta hujjat bilan 500 AQSH dollaridan 2000 AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda farzandsiz oilalarga pullashgan.
Sotilmay qolgan go‘daklar qarovsiz qoldirilib, nobud qilingan. Kichkintoylarning jonsiz tanalari esa tibbiy chiqindilarni yoqishga mo‘ljallangan mufel pechida yoqib yuborilgan.
Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning fevral oyi oxirida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining binosida shifoxona ma’muriyati hamda xodimlariga hukm o‘qilib, shifoxonaning bosh shifokori Nigora Solixonova 13 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
Bundan tashqari, ozodlikdan mahrum etilish ko‘rinishidagi jazo tug‘uruqxonaning boshqa xodimlariga nisbatan ham qo‘llanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring