Samarqandda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari uchrashdi
3-aprel kuni Samarqand sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari 31-mart kuni Xoʻjand shahrida davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi samarali boʻlgani hamda davlat chegaralarining tutash nuqtasi toʻgʻrisida tarixiy shartnoma imzolanganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, xususan, sanoat, transport, energetika va infratuzilma sohalarida muhim kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish choralari koʻrib chiqildi.
Davlat rahbarlari faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish zarurligini taʼkidladilar.
Boʻlajak tadbirlar rejasi va mintaqaviy hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring