Samarqandda ota-bolalar oʻzgalarning yuk mashinalarini yoqib yubordi
Videodan kadr
Samarqand viloyati Toyloq tumanida erkak u bilan janjallashib qolgan tanishlarining yuk mashinasiga benzin sepib, yoqib yubordi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 28-noyabr kuni soat 21:50 da Toyloq tumani “Beklar” mahallasida yashovchi 1985-yilda tugʻilgan fuqaro K.A. qoʻshni mahallada yashovchi, tanishlari — 1990-yilda tugʻilgan Gʻ.R. va 1991-yilda tugʻilgan N.R. bilan oʻrtalarida yuzaga kelgan oʻzaro kelishmovchilik sabab janjallashib qolgan.
Shundan soʻng, K.A. 20 va 18 yoshli farzandlari bilan birga borib, Gʻ.R va N.R. boshqaruvida boʻlgan yuk mashinalariga benzin sepib, yoqib yuborgan.
Yongʻin zudlik bilan bartaraf etilib, boshqa transport vositalari va ulardagi yuklarga zarar yetkazilishining oldi olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan 29-noyabr kuni Toyloq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, aybdor shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring