Samarqandda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan “Klinik nevrologiya va neyroreabilitatsiyada innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Unda Ispaniya, Rossiya, Turkiya, AQSH, Fransiya, Singapur, Qozogʻistondan taniqli mutaxassislar va mamlakatimizning yetakchi oliy tibbiyot taʼlim muassasalari va ilmiy-amaliy markazlaridan vakillar ishtirok etdi.
Xalqaro konferensiyaning yalpi majlisida olimlar va tadqiqotchilarning “Nevrologik amaliyotda ogʻriq sindromlarini davolashga tabaqalashtirilgan yondashuvlar”, “Neyroreabilitatsiyadagi zamonaviy tendensiyalar”, “Insult oʻtkazgan bemorlarni dalillarga asoslangan reabilitatsiya qilish”, “Fransiyada neyroreabilitatsiya sohasidagi innovatsiyalar”, “Oʻzbekistonda parkinson kasalligi va markaziy asab tizimining boshqa harakat buzilishlarini jarrohlik yoʻli bilan davolashning dastlabki natijalari” kabi dolzarb mavzular boʻyicha maʼruzalari tinglandi.
Anjumanda miyaning ishemik kasalligi, nevrologik kasalliklarni tashxislash va davolashda innovatsion texnologiyalar, neyroreabilitatsiya, neyroxirurgiya, amaliy nevrologiyaning boshqa yoʻnalishlari, zamonaviy diagnostika sharoitida nevrologik buzilishlarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish yoʻllari kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Bunday tadbirlar respublika va mintaqada nevrologiya va neyroreabilitatsiya sohasini yanada rivojlantirish, tibbiyot kadrlarini tayyorlash, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari oʻrtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring