Samarqandda xayriya marafoni oʻtkazildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyat musiqali drama teatrida 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan xayriya marafonida viloyat hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda yurtimizda, xususan, Samarqand viloyatida nogironligi bor fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar haqida soʻz yuritildi. Barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishi sifatida belgilangani, bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
Imkoniyati cheklangan fuqarolarga xayriya tariqasida 10 ta aravacha, 5 ta hassa hamda eshitish moslamalari berildi.
— Ijtimoiy xodim, mahalla faollari holimizdan xabar olib turibdi, — deydi Samarqand shahridagi Yuksalish mahallasida istiqomat qiluvchi Oʻtkir Qudratov. — Yaqinda aravacha berishdi. Yordam pulini ham olyapman.
Tadbir doirasida konsert dasturi namoyish qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarning Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayohati tashkil etildi.
Viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar doirasida hafta davomida qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi. “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, xonadonlarga borilib, alohida eʼtiborga muhtojlar holidan xabar olinadi, nogironligi bor insonlarga maxsus ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring