Samarqandda kameraga xalaqit qilgani uchun daraxtni kesgan fuqaro 10 million soʻmdan ortiq jarimaga tortildi
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida fuqaro tomonidan noqonuniy daraxt kesilib, tabiatga 10 million soʻmdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqida Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi maʼlumot berdi.
Xabarda aytilishicha, holat Kattaqoʻrgʻon tumani “Charogʻbon” MFY Payshanba bozori chorrahasida ekilgan bir tup kilyon daraxti tadbirkorning yoʻl chetidagi nazorat kamerasiga xalaqit qilganligi vaj qilinib, Samarqand tumani Arapxona MFYda yashovchi fuqaro B.T tomonidan noqonuniy ravishda kesib tashlangan.
Ushbu holat Kattaqoʻrgʻon tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, tezkor oʻrganish ishlari olib borilgan.
“Huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKining 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 25 barobarida, yaʼni 9 million 375 ming soʻm jarima, hamda tabiatga yetkazgan zarar uchun 1 million 500 ming soʻm hisoblandi”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring