Samarqandda yigit qizni majburlab mashinasida olib ketmoqchi boʻldi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida bir yigit koʻchada yosh qizni mashinasiga majburlab oʻtqazmoqchi boʻlgani aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Hamidullo Sagdullayev «Xalq soʻzi»ga mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea kecha, 1-oktyabr kuni soat 16:00 larda Samarqand shahar Goʻri Amir mahallasi hududida sodir etilgan. 22 yoshli M.I. (erkak) oʻziga tanish boʻlgan M.A. (ayol) bilan sayr qilib yurgan vaqtida ular oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqqan.
Yigit ushbu kelishmovchilikni hal qilish maqsadida M.A.dan avtomashinaga oʻtirishini soʻragan, biroq qiz bunga rozi boʻlmagach, uni majburan mashinasiga oʻtqazishga uringan. Videodan koʻrish mumkinki, holatga atrofdagi bir necha fuqaro aralashuvidan keyin qiz voqea joyidan ketishga uringan, ammo yigit uni yana quvib ketgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida fuqaro qiz mazkur holat boʻyicha M.I. ga nisbatan daʼvosi yoʻqligini maʼlum qilgan.
Hozirda holat yuzasidan yigitga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudiga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring