Samarqandda ikki sud raisi ishdan olindi
Illyustrativ foto
Samarqand viloyatida ikki nafar sud raisi lavozimidan ozod qilinib, ularning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq Samarqand viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand tuman sudining raisi N.Rajabov odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi uchun, shuningdek yozma arizasi asosida lavozimidan ozod etilgan va sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
Shuningdek, Samarqand viloyati Samarqand tumanlararo maʼmuriy sudining raisi S. Soliyev Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun lavozimidan ozod qilinib, sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring