Samarqandda havo ekskursiyalari yoʻlga qoʻyiladi
Viloyatning turizm salohiyatini yanada oshirish, sayyohlar uchun zamonaviy va jozibador xizmat turlarini joriy etish maqsadida yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etilmoqda.
Loyiha doirasida viloyatning tarixiy obidalari, tabiiy manzaralari va turistik hududlarini vertolyot orqali havodan tomosha qilish imkonini beruvchi yoʻnalishlar taklif etilishi rejalashtirilmoqda.
Tajriba tariqasida Samarqand xalqaro turizm markazi aerodrom sifatida belgilanib, Samarqand shahri, Jomboy, Payariq va Nurobod tumanlari boʻylab parvozlar amalga oshiriladi. Keyinchalik talabdan kelib chiqqan holda parvoz yoʻnalishlarini kengaytirish koʻzda tutilgan.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning mart oyidan viloyat boʻylab havo ekskursiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur loyiha viloyatda sayyohlar oqimini oshirish hamda hududning turistik jozibadorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring