“Mikrokreditbank” Samarqand filiali rahbari pora bilan ushlandi
Huquq tartibot idoralari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlarga qaramay baʼzi bir mansabdor shaxslar hali hamon nafsini jilovlash oʻrniga bilib turib tikan bosmoqda. Mazkur toifadagi manfur shaxslarga esa jamiyatimizda jazo muqarrar. Samarqand viloyati huquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan Samarqand shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir buning yaqqol misolidir.
Qayd etilishicha, Mikrokreditbankning Samarqand filiali rahbari 1982-y.t. B.H., Samarqand shahridagi MCHJga 2 milliard soʻm kredit ajratib berish evaziga tadbirkordan 10.000 AQSH dollari miqdorida pora soʻraydi. Chorasiz qolgan tadbirkordan, dastavval 4.000 AQSH dollari oladi. Soʻralgan pulning qolgan 6.000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida esa poraxoʻr bank rahbari ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Hozirda, mansabdorga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring