Samarqandda “Anjir sayli”
Samarqand shahridagi Bogʻibaland turizm mahallasida oʻtkazilgan “Anjir sayli”da vitamin va minerallarga boy boʻlgan anjir yetishtirish, uni qayta ishlash hamda agroturizm sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ilgʻor agrotexnologik tajribalar namoyish qilinib, dehqon va fermer xoʻjaliklari vakillari uchun seminarlar tashkil etildi.

— “Anjir sayli” ushbu mevani yetishtirishni ommalashtirish, yoʻqolib ketayotgan noyob turdagi anjir koʻchatlarini koʻpaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi, — deydi Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari Rustam Qobilov. — Bogʻbonlarimiz tomonidan yangicha, in-vitro usulda parvarishlangan 6 oylik koʻchatlar bepul tarqatildi. Tadbirning yana bir ahamiyatli jihati, bugungi kunda turizm maskaniga aylangan Bogʻibalanddagi anjirzorda oʻtkazilganidir. Unda turli mamlakatlardan kelgan sayyohlar ham ishtirok etdi.
Anjir koʻrgazmasi va undan tayyorlangan sharbat, murabbo hamda turli milliy va Yevropa taomlari barchaga manzur boʻldi. Madaniy dasturlar, folklor jamoalarining chiqishlari va jonli ijrodagi kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bagʻishladi.

“Anjir sayli” Samarqandning qadimiy bogʻdorchilik anʼanalari va milliy merosini keng targʻib etish, hududning turistik salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring