Samarqandda “AGROPRO EXPO 2026” xalqaro koʻrgazmasi boshlandi
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan “SOF EXPO Samarkand” majmuasida “Zamonaviy qishloq xoʻjaligida innovatsion texnologiyalar — «AGROPRO EXPO 2026” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur nufuzli tadbir qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilgʻor yechimlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarni namoyish etish, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Koʻrgazmaning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, tarmoqni modernizatsiya qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini oshirish borasida erishilayotgan natijalarga toʻxtaldilar. Shuningdek, bunday koʻrgazmalar sohada innovatsion yondashuvlarni ommalashtirish, fermer va klasterlar faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Tadbir doirasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh fermerlar va agrar soha xodimlari turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi.

“AGROPRO EXPO 2026” koʻrgazmasi davomida qishloq xoʻjaligi texnikasi, urugʻchilik, tomchilatib sugʻorish tizimlari, agrokimyo mahsulotlari hamda raqamli yechimlar yoʻnalishida qator mahalliy va xorijiy kompaniyalar oʻz mahsulot va xizmatlarini taqdim etmoqda.
Soha mutaxassislari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari, investorlar va tadbirkorlar ishtirok etayotgan mazkur koʻrgazma 5-mart kuniga qadar davom etadi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring