Samarqand shahri kuni keng nishonlanmoqda
Bu yil ham anʼanaga koʻra, Samarqand shahri kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan asosiy bayram tadbirlari Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi. Oʻtgan buyuk ajdodlarimiz ruhiga bagʻishlab Qurʼon tilovat qilindi.
Shuningdek, viloyat va shahar hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.
Shu zayl Samarqand shahrining xiyobon, koʻcha va mahallalarida bayram tantanasi boshlandi. Jumladan, Alisher Navoiy koʻchasida tashkilot va muassasalar oʻrtasida “Eng yaxshi koʻrgazma tashkillashtirgan jamoa” tanlovi, Kamol ota Turk koʻchasida “Made in Uzbekistan” shiori ostida oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi hamda “Marmar” bozorida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

18-oktabr — Samarqand shahri kuni munosabati bilan shuningdek, 14 milliard soʻmlik loyiha evaziga qad rostlagan 88 oʻrinli “Marjon” mehmonxonasining hamda 4 million AQSH dollarlik mablagʻ hisobiga bunyod etilgan 50 oʻrinli “Sultan” mehmonxonasining tantanali ochilish tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Mehmonxonalarning ochilish marosimlarida hokimlik va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Samarqand shahri kuni munosabati bilan “Moʻjiza” amfiteatri, “Nurafshon” madaniyat saroyi hamda Qorasuv maskanidagi “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”da konsert dasturlari boʻlib oʻtadi. Bayramona tantanalarda taniqli sanʼatkorlar ijrosida dilrabo quy-qoʻshiqlar va raqslar ijro etiladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring