Samarqand klubi SSKAni magʻlub etdi
Shu kunlarda Samarqandning “Dinamo” jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazmoqda. Kecha jamoa Rossiya Premyer ligasining 6 karra chempioni Moskva shahrining SSKA klubi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Bahs Vadim Abramov shogirdlarining 4:3 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollarga gʻoliblardan Nurillo Toʻxtasinov, Azizbek Amonov, Sanjar Qodirqulov va Ahadjon Hoshimov mualliflik qildi. SSKA klubining javob gollari esa Joao Viktor, Lusiano Gondu va Matvey Lukin hisobiga yozildi.
Uchrashuvdan soʻng “Dinamo” ustozi Vadim Abramov quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi:
“Rossiyaning 6 karra chempioniga qarshi superkambek? Ha, hammasi yaxshi kechdi, ayniqsa har bir futbolchiga imkoniyat berishga intildik. Boshida oʻz kuchimizga uncha ishonmadik, keyin esa oʻyin tizginini qoʻlimizga olgach, ishona boshladik. Maydonda oʻz oʻyinimizni koʻrsatdik. Raqibning esa kuchli tomoni standart vaziyatlar edi, buni yigitlarga tushuntirgandik. Shunga qaramay, raqiblar bu ustunliklaridan foydalanib, gol urishdi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring