Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQSHda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi
Foto: Edu.uz
Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQSHda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQSHning “Webster” universiteti bilan bir necha yildan beri oʻzaro hamkorlik aloqalarini yuritib kelmoqda. Jumladan, ikki muassasa oʻrtasida “Tibbiy biologiya” va “Oliy hamshiralik” boʻyicha malakali mutaxassislarni Amerika standartlari asosida tayyorlashga koʻmaklashish haqida kelishib olingan.
Mazkur kelishuv doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Oʻzbekiston oliy tibbiy taʼlim muassasalari ichida birinchilardan boʻlib “Webster” universiteti bilan hamkorlikda “Hamshiralik ishi” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha uch tomonlama memorandum imzolangan.
Memorandumga koʻra, 2024-2025-oʻquv yilidan 3+1 shaklidagi “Hamshiralik ishi” qoʻshma taʼlim dasturi amalga oshirilib, SamDTU talabalari AQSHning nufuzli universitetida tahsil olish hamda malakalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Taʼkidlanishicha, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va “Webster” universiteti oʻrtasidagi mazkur qoʻshma taʼlim loyihasi mamlakatimiz tibbiyot oliygohlari ichida birinchi boʻlib, oʻzbekistonlik talabalarning jahon standartlari asosida tibbiy bilim olishi va raqobatbardosh mutaxassislar boʻlib yetishishiga koʻmak beradi.
Qoʻshma taʼlim dasturiga qabul jarayonlari joriy yilning avgust oyida boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring