Samarqand aeroportida yoʻlovchi yukidan pnevmatik toʻpponcha aniqlandi

10:41 11 Dekabr 2025 Jamiyat
217 0

“Sankt-Peterburg – Samarqand” reysi bilan mamlakatimizga kelgan yoʻlovchining yuklari orasidan pnevmatik toʻpponcha aniqlandi. Yoʻlovchi A.D. oʻz bagajini olganidan keyin ixtiyoriy ravishda “yashil” yoʻlak orqali bojxona nazoratidan oʻtishga harakat qilgan. Bojxona xodimlarida shubha uygʻongani bois fuqaro “qizil” yoʻlakka oʻtkazilib, unga tegishli bagaj xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Tekshiruv natijasida sumkadan 1 dona pnevmatik toʻpponcha, 4 dona siqilgan havo balonchasi va 105 dona oʻq topildi.

Fuqaro ushbu qurolni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida tanimaydigan shaxsdan sotib olganini va shaxsiy foydalanish uchun olib kelayotganini maʼlum qilgan. Aniqlangan toʻpponcha va tegishli aksessuarlar belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?