Salomatlikka doir dasturiy ilovalar samaradorligini baholovchi platforma yaratildi
Amerikalik ekspertlar guruhi salomatlik uchun moʻljallangan mobil ilova va elektron moslamalar samaradorligini baholovchi “Evidence Defined” platformasini yaratdi.
Ushbu yangilik shifoxonalar va tibbiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalarga raqamli servis qanchalik mos ekanligini aniqlashda yordam beradi.
Tadqiqot mualliflarining taʼkidlashicha, tibbiyot sohasida raqamli mahsulotlardan foydalanish keng ommalashgan. Hozir savdoda 300 mingdan ortiq salomatlikka doir dasturiy ilovalar, qoʻl va boʻyinga taqiluvchi 300 dan ortiq moslamalar mavjud.
Ulardan AQSH fuqarolarining yarmidan koʻpi sogʻligʻini nazorat qilishda keng foydalanmoqda.
Ammo bunday moslama va ilovalarning sifati har doim ham talab darajasida emas. Shu bois ekspertlar guruhi bu borada 78 ta tavsiyalar toʻplamini tahlil qilib, raqamli xizmatlarni baholash boʻyicha qoʻllanma yaratdi.
Har olti oyda yangilanib turuvchi mazkur platforma raqamli mahsulotlar va dasturiy ilovalar sifatini baholashda, avvalo, uning zaif tomonlarini koʻrsatib beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring