Sayyor qabullar natijasida 50 ziyod mahkum ozod qilindi
Andijon viloyatida davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonalari masʼullari boshchiligida Andijon, Boʻston, Xoʻjaobod tumanlari hamda Andijon shahrida viloyat aholisi uchun cud-huquq masalalari boʻyicha sayyor qabullar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat sud, prokuratura, ichki ishlar, soliq, adliya va bojxona boshqarma rahbarlari aholi murojaatini tinglab, masʼullar tomonidan ularga yechim topish, qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrildi.
Misol uchun, viloyat sud vakillari tashkil etgan sayyor sud majlislarida 51 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan oldin shartli ozod qilindi, 18 nafar shaxsni aliment undirish yuzasidan qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi, 4 nafar fuqaroni oʻziga oid jinoyat ishi boʻyicha taraf bilan yarashib olganligi sababli ish yuritishdan tugatishni soʻrash boʻyicha murojaati ijobiy hal etildi.
Viloyat prokuraturasi vakillariga qabullar jarayonida jami 110 nafar fuqarolar turli mazmunda murojaat etib, koʻtarilgan masalalarning 56 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 53 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun nazoratga olindi.
Misol uchun, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro N.Sattarovaning aliment pullarini undirishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati natijasida masʼullar aralashuvi bilan 4, 8 mln soʻm qarzdorlik toʻliq undirildi. Yoki qoʻrgʻontepalik D.Abduraxmonovaning oʻxshash masalada qilgan murojaati natijasida 30 mln soʻm qarzdorlik undirildi.
Ichki ishlar boshqarmasi vakillari tomonidan qabul jarayonida 117 ta murojaat koʻrib chiqildi. Jumladan, 26 ta surishtiruv va tergov masalalarida, 36 ta Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik pasporti va xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish, 5 ta mol-mulk, 34 ta jazoni ijro etish bilan bogʻliq murojaatlardir. Ularning 88 tasi joyida joyida ijobiy hal etildi, 29 tasi koʻrib chiqish uchun nazoratga olindi.
Andijon viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan jami 43 ta fuqaro qabul qilindi. Shundan, 33 tasi joyida qanoatlantirildi. Misol uchun, fuqaro S.Mamirjonova onasidan qolgan merosni rasmiylashtirish masalasida murojaat qilgan boʻlsa, G.Axrolova ancha yildan buyon 2016-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan qiz farzandiga tugʻilganlik guvohnomasi ololmayotganligi boʻyicha murojaat qildi. Ularning masalasi oʻsha yerning oʻzida hal etib berildi.
Viloyat Soliq boshqarmasi vakillari jami 81 nafar fuqarolarning murojaatini qabul qilgan boʻlib, ularning 59 tasi joyida hal qilindi. Qabulda fuqarolar soliq sohasidagi maslahat olish, imtiyozlaridan foydalanish, mol-mulk va yer soliqlari koʻp hisoblanganligi, ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni qaytarib berish, soliq hisobotlarini qabul qilish kabi masalalarda murojaat qildi.
Natijada, sayyor qabullar davomida jami 464 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 60% joyida ijobiy hal etildi, 25% esa muddat talab qilgani sababli ijro uchun nazoratga olindi.
Respublika ishchi guruhi qabullari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring