Saylov – 2021: “Targʻibot poyezdi” Qoʻqonda

15:32 15 Oktyabr 2021 Jamiyat
947 0

Foto: Qoʻqon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Prezident sayloviga ham sanoqli kunlar qoldi. Mazkur siyosiy jarayonda talabalarning faol ishtirokini taʼminlash, saylovga oid bilimlarini rivojlantirish hamda ularga vatanimiz ravnaqi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yetkazish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Targʻibot poyezdi” loyihasi boshlangan edi. 

Foto: Qoʻqon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Bugun Qoʻqon davlat pedagogika institutining faol talabalari bilan Toshkent shahridan kelgan targʻibot poyezdi aʼzolari uchrashuv oʻtkazdi.

Qoʻqon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuvlar saylov targʻibotchilari va talabalar oʻrtasida savol-javoblar, qizgʻin bahs-munozaralarga boy oʻtdi. Saylovda ilk bor qatnashayotgan talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Uchrashuvlarda yangrayotgan kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga bayram shukuhini hadya etdi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер