Saida Mirziyoyeva Oq uyda AQSH prezidenti yordamchisi bilan uchrashdi
Foto: Saida Mirziyoyevaning telegram sahifasi
Prezident administrasiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi va AQSH prezidenti administrasiyasining gender siyosati bo‘yicha Kengashi direktori Jennifer Klyayn bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda prezident rahbarligida olib borilayotgan muhim islohotlar haqida suhbatlashilgan.
Suhbatning asosiy mavzularidan biri - xotin-qizlarni gender zo‘ravonlikdan himoya qilish va O‘zbekistonda unga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilayotgan ishlar bo‘ldi.
«Umuman, muloqotimiz ochiq va samimiy bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar faqat qog‘ozda qolmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni atroflicha muhokama qildik«», deydi Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, Jennifer Klayn bu borada amaliy yordam berishni taklif qilgan.
«Shuni inobatga olgan holda, kelgusida aloqalarimizni yanada mustahkamlash va kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz, deb o‘ylayman», deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegramdagi sahifasida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring