Sabzining eng yaxshisi Esaboyda
Koson tumanidagi Esaboy mahallasi ahli sabzichilikda nom qozongan. Mahallada sabzi ekmagan yoki undan daromad olmagan xonadonni topish qiyin.
—Mahallamizni sabzichilik avloddan-avlodga oʻtib kelyapti, — deydi esaboylik Xudoynazar Quvondiqov. – Chunki yerimiz va ob-havomiz shu ekin turi uchun juda qulay hisoblanadi. Qolaversa, ota-bobolarimiz qoʻllab kelgan tajriba bizga qoʻl kelmoqda. 8 sotixlik tomorqamizda roʻzgʻor uchun kerakli mahsulotlar bilan bir qatorda, sabzi ekib, yaxshi daromad olyapmiz. Oʻtgan yili kuzgi mavsumning oʻzida 6 tonnadan oshiq hosil olgan edik, natijada oilamizga 25 million soʻm daromad keldi. Bu yil yanada yuqoriroq marrani koʻzlab turibmiz.

Avvallari qashqadaryolik dehqonlar tomonidan yetishtirilgan sabzi asosan ichki bozorga yetkazib berilgan boʻlsa, soʻnggi yillarda ushbu mahsulotning eksport koʻrsatkichlari ham oshib bormoqda. Misol uchun, joriy yilning yanvar — may oylarida viloyatdan qiymati 1,9 million dollarga teng boʻlgan 4213,4 tonna sabzi eksport qilindi.
Vohalik dehqonlar uchun bu boradagi eng yaxshi xorijiy bozor Qozogʻiston boʻlib turibdi. Besh oy davomida Qashqadaryodan Qozogʻistonga 2354,2 tonna sabzi yetkazib berilgan. Shuningdek, Rossiyaga 1789,7 tonna, Qirgʻizistonga 59,8 tonna, Tojikistonga esa 9,7 tonna sabzi eksporti amalga oshirilgan.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring