Sablyachi qizlarimiz yana bir bor tengsiz

21:15 19 Noyabr 2023 Sport
281 0

Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Taʼkidlash joiz, bu galgi bellashuvlar ham yurtdoshlarimiz uchun yorqin gʻalabalarga boy boʻldi.

Bugun tashkil etilgan jamoaviy dasturda ham qizlarimiz yuksak mahoratlarini namoyish etib, barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratishdi va oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Hamyurtlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyani 45:26, final bahsida esa Qozogʻistonni 45:37 hisobida dogʻda qoldirishdi.

Jamoamiz safida Fernanda Errera, Gulistan Perdibayeva, Nargiza Jaksibayeva va Samira Shokirova ishtirok etishdi. Eslatib oʻtamiz, yakkalik dasturida hamyurtimiz Fernanda Errera gʻalaba qozongan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер