Rus generali suiqasd oqibatida halok boʻldi
General-leytenant Igor Kirillovning uyi yonida qoʻlbola portlovchi qurilma ishga tushirilgan.
Portlash Moskvadagi Ryazanskiy prospektidagi koʻp qavatli uy yaqinida sodir boʻldi. Portlovchi moslama ertalab soat oltilarda ishga tushgan. Natijada Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari general-leytenanti, Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qoʻshinlari boshligʻi Igor Kirillov va uning haydovchisi halok boʻldi.
Qoʻlbola portlovchi qurilma uy yoʻlagidan chiqish joyda elektr skuterga oʻrnatilgan boʻlgan. Portlovchi qurilmaning kuchi, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, taxminan 200 gramm trotilni tashkil etgan.
Uyning atrofi oʻrab olingan, sapyorlar tomonidan hudud koʻzdan kechirilgan, skuter ekspertiza uchun olib ketilgan. Hovlida turgan bir qancha mashinaga hamda koʻpqavatli uyning derazalariga zarar yetgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring