Roʻzaning darajalari
Imom Gʻazzoliy deydilar: “Bilgilki, roʻza uch darajadadir: ommaning roʻzasi, xosning roʻzasi va xosning xosi roʻzasi.
Ommaning roʻzasi – yemaslik, ichmaslik va nafsoniy-jismoniy ehtiyojlardan tiyilib turish.
Xosning roʻzasi – quloq, koʻz, til, qoʻl, oyoq va boshqa aʼzolarni gunohlardan tiyishdir. Bular solih bandalardir.
Xosning xosi roʻzasi esa oʻzni ogʻir tashvishlar va dunyoviy fikrlardan roʻza tuttirish, Alloh taolo zikridan boshqa narsani batamom toʻsishdir. Bu roʻzada ogʻiz ochilishi Alloh taolo va oxirat kunidan boshqani fikrlash, yaʼni dunyoni oʻylash bilan hosil boʻladi. Bu paygʻambarlar, siddiqlar va muqarrab zotlar darajasidir.
Imom Buxoriy, Termiziy, Zamahshariy, Margʻiloniy, Bahouddin Naqshband kabi qancha-qancha mashhur olimlar, qorilar ulugʻ piri komillarning qonlari bizning tomirlarimizda oqmoqda. Demak, bizlar ommaning roʻzasidan boʻlak, xos kishilarning roʻzasiga ham diqqat qilmogʻimiz lozim.
Xoʻsh, biz nima qilishimiz kerak? Biz nimalarga eʼtibor berishimiz zarur? Biz nima amal qilsak roʻzamiz Parvardigor xohlaganidek boʻladi? Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlaridek: “Kim yolgʻon gapirishni va unga amal qilishni hamda johillikni tark qilmasa, uning och-nahor yurganiga Alloh taoloning ehtiyoji yoʻq”.
“Roʻza toʻsiqdir. Qachonki sizlardan birortangiz roʻzador boʻlsa, yolgʻon soʻz gapirmasin, haqorat soʻzlarni aytmasin. Agar biror kishi u bilan urishsa yoki soʻkishsa, “men roʻzadorman, men roʻzadorman”, desin”.
Yaʼni, “men roʻzadorman” deyishligi bilan kishi “Men tilimni saqlashga Allohga vaʼda berganman, qanday qilib senga javob qaytaraman”, deganidir.
Bir oy davomida ushbu issiq kunlarda qilgan shuncha ibodatimizni bir ogʻiz yolgʻon yoki johiliy soʻzlarni aytishlik ila behuda qilib qoʻymaylik.
“Odam bolasining hamma amali savobi koʻpaytirib beriladi. Bir yaxshilikka uning 10 mislidan to 700 barobarigacha. Alloh azza va jalla: “Bandamning hamma amali oʻzi uchun, faqatgina roʻzasi Men uchundir. Uning mukofotini Men oʻzim beraman. Odam bolasi shahvatini va taomini Men uchun tark qiladi”, deydi.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: “Albatta, roʻza omonatdir. Sizlardan har biringiz oʻz omonatini saqlasin”.
Alloh taolo Niso surasi 58-oyatda marhamat qilib aytadi: “Albatta, Alloh sizlarni omonatlarni oʻz egalariga topshirishga buyuradi”.
Har bir ibodatning zohiri va botini, poʻsti va magʻzi borligi hammamizga maʼlum. Roʻzaning zohiri bu – yemaslik, ichmaslik va nafsoniy-jinsiy ehtiyojlardan tiyilib turish. Magʻzi esa bu yuqorida aytib oʻtilgan hadislarga amal qilishlikdir, yaʼni quloq, koʻz, til, qoʻl, oyoq va boshqa aʼzolarni gunohlardan tiyishdir.
Xoshimjon NIZOMIDDINOV,
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring