Rossiyada sovet zaxiralari tugadi – ekspert
Ukraina tahlilchilarining fikriga koʻra, Rossiya sovet harbiy texnikasi zaxiralarini tugatdi. “Financial Times” nashri Kiyev iqtisodiyot maktabi tahlilchilari tayyorlagan hisobotni eʼlon qildi.
Unga koʻra, sovet qurol-yarogʻlarini yetkazib berish 2022-yilga nisbatan ikki baravar kamaygan.
“Rossiya endi taʼmirlash uchun kamroq uskunalar yubormoqda. Hozirda frontda 1940-yillarning oxirida ishlab chiqarilgan T-54 tipidagi qadimiy tanklar uchraydi. Shuningdek, 1970-yillarda ishlab chiqarilgan T-72 va T-80 modellari ham qoʻllaniladi. SSSR omborlaridagi qurollarning yana bir tugaganlik belgisi Shimoliy Koreyadan keng koʻlamli oʻq-dorilarning yetkazib berilishidir. U yerdan 2024-yilning oʻzida 250 ming tonnadan ortiq snaryadlar kelib tushdi”, — deydi tahlilchi Pavlo Shkurenko
Tahlilchining qoʻshimcha qilishicha, ushbu yordamlar Rossiyaning oʻzini-oʻzi taʼminlash haqidagi iddaolarini yoʻqqa chiqaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring