Rossiyada qarovsiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan bolalar Oʻzbekistonga qaytarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi koʻmagida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramogʻisiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan bolalar vatanga olib kelindi, deb xabar bermoqda «Dunyo« axborot agentligi.
Unda aytilishicha, Oʻzbekistondan kelgan ishchi guruh 10 kun davomida vaziyat boʻyicha barcha kerakli hujjatlarni toʻplagan. Shundan soʻng, ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsiya markazlari va bolalar uchun «Tranzit« ijtimoiy boshpanasiga yetkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, voyaga yetmagan bolalardan biri uch yildan beri onasidan ayro tarzda, otasi bilan yashab kelgan. Otasi uni onasidan noqonuniy ravishda olib qoʻygan. Bolaning oilasi uning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soladigan ijtimoiy noqulay muhitni boshdan kechirgan.
Bosh konsulxona xodimlari va mutasaddi tashkilotlar xodimlari bolaning yashash joyida boʻlib, voyaga yetmagan hamyurtimizni Oʻzbekistonga qaytarish choralarini olib borgan hamda tegishli guvohnomalar rasmiylashtirilgan. Shundan soʻng, hamyurtlarimizni Sankt-Peterburg-Toshkent aviareysi bilan Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring