Rossiyada qarovsiz qolgan 31 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi
Rossiya federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) oʻzining xorijiy hamkasbi — Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani M.Lvova-Belovaga yuborgan soʻrovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish choralari koʻrilayotganligi, Oʻzbekiston masʼul idoralari (IIV, TIV) tomonidan bolalarni vatanga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda RFda yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam soʻragan.
Shu tariqa, 25-avgust kuni 9 nafar bola, bundan avval 22 nafar bola (13 nafari — Sankt-Peterburg shahridan, 9 nafari — Moskva shahridan, 8 nafari — Novosibirsk shahridan, 1 nafari — Qozon shahridan olib kelingan) Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan yurtimizga qaytarildi.
“Fursatdan foydalanib, Bolalar ombudsmani bola manfaatlarini taʼminlash yoʻlidagi tezkor hamkorligi uchun RF Bolalar ombudsmaniga oʻz minnatdorligini bildiradi va oʻzaro konstruktiv hamkorligini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring