Rossiyada neft platformalari uchun “suzuvchi” beton yaratildi

14:20 08 Mart 2026 Ilm-fan
520 0

Don davlat texnika universiteti (DDTU) olimlari keramzit va beton asosida yangi kompozit material yaratdi. Tadqiqot natijalari “Journal of Composites Science” jurnalida eʼlon qilingan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, yangi material oʻxshashlariga nisbatan 30 foizgacha mustahkamroq boʻlib, suvni 26 foizga kamroq shimadi.

Taʼkidlanishicha, mazkur material gidrotexnika inshootlari qurilishida, jumladan neft qazib olish yoki ilmiy ekspeditsiyalar uchun moʻljallangan suzuvchi platformalarni tayyorlashda qoʻllanilishi mumkin. Bunday platformalar ogʻir yukka chidamli boʻlishi va suv taʼsirida choʻkib ketmasligi talab etiladi.

Hozirgi vaqtda suzuvchi platformalar tayyorlashda asosan korroziyaga chidamli metall, yengil plastik yoki turli kompozit materiallardan foydalaniladi. Oddiy beton esa yuqori zichligi sabab bunday obyektlar uchun kam qoʻllanadi, chunki u suv yuzasida barqaror turib qolishga qiynaladi.

DDTU tadqiqotchilari ishlab chiqqan yangi keramzitbeton esa mustahkamlik jihatidan yuqori natija koʻrsatgan. U analog materiallarga nisbatan egilishga chidamliligi boʻyicha 38 foizga, siqilishga chidamliligi boʻyicha esa 25 foizga yuqori. Shu bilan birga, material suvni 25 foizgacha kamroq shimadi, deya maʼlum qildi universitetning “Noyob binolar va inshootlar qurilishi” kafedrasi mudiri Sergey Stelmax.

Mutaxassislar kelgusida ushbu materialni sovuq iqlim sharoitlarida qoʻllash imkoniyatlarini ham oʻrganishni rejalashtirmoqda. Mazkur tadqiqot Rossiya ilmiy fondi koʻmagida amalga oshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер