Rossiyada xitoylik ishchilarga hujum qilgan oʻzbekistonlik jinoyatchilarga sud hukmi oʻqildi

13:01 20 Noyabr 2021 Dunyo
1351 0

Novosibirsk viloyat sudi 2019-yilda Novosibirsk viloyatida xitoylik ishchilarga hujum qilib, ularni toʻnagan bir guruh oʻzbekistonlik jinoyatchilar ishiga nuqta qoʻydi. Bu haqda “Sib.fm” xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻzbekistonlik muhojirlar birinchi hujumni 2019-yil iyul oyida uyushtirgan. Ular xitoylik ishchilarning turar-joy binosiga bostirib kirib, ikki kishini kaltaklagan va 600 ming rubl, ikkita iPhone, ikkita tilla zanjir olib ketgan.

Bir oy oʻtgach, oʻgʻirlikning ikki aʼzosi yana oʻgʻirlik qilishga borgan. Bu safar hujum qurbonlari jinoyatchilarga qattiq qarshilik koʻrsatgan. Oqibatda xitoylik ishchilardan biri voqea joyida halok boʻlgan. Oʻgʻrilar 2-oʻgʻirlik natijasida 400 ming rublni qoʻlga kiritgan.

Umumiy keltirilgan zarar 1,2 mln. rubl deb baholangan.

Talonchilikda gumon qilingan shaxslar 2019-yil oktabr oyida qoʻlga olingan. Ular 22 yoshdan 32 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan. Novosibirsk viloyat sudi ularni aybdor deb topib, hujum ishtirokchilari boʻlgan 5 kishini 8-9 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi. Xitoylik ishchini oʻldirgan shaxs esa 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?