Rossiyada ekstremizmni targʻib qilgan Oʻzbekiston fuqarosi sudlandi

Rossiyaning Murmansk viloyatida odamlarni ekstremizmga daʼvat qilgan oʻzbekistonlik yigitga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Московский комсомолец” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, viloyat sudi 25 yoshli Oʻzbekiston fuqarosini 9 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. U Facebook ijtimoiy tarmogʻiga ekstremistik harakatlarga daʼvat qiladigan va terrorizmni oqlaydigan mazmundagi videolarni joylashtirgan. Bundan tashqari, xalqaro terroristik tashkilot aʼzosiga pul oʻtkazib turgan.
Sud qaroriga koʻra, oʻzbekistonlik yigit 9 yillik jazoning 3 yilini qamoqda, yana 6 yilini qattiq tartibli koloniyada oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring