Rossiya qoʻshinlari noyabr oyida Ukrainaning qancha hududini egallab olgani maʼlum boʻldi
Vashingtonda joylashgan Urushni oʻrganish instituti maʼlumotlariga koʻra, noyabr oyida Rossiya qoʻshinlari Ukrainada sezilarli hududlarni egallab olgan. Bu haqida BILD maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, Rossiya qoʻshinlari noyabr oyida Ukraina hududiga 2025-yilning boshqa oylariga qaraganda koʻproq siljishga erishgan.
Taʼkidlanishicha, Rossiya armiyasi noyabr oyida Ukraina hududining 701 kvadrat kilometrini egallab olgan. Bu oʻtgan yilning shu davridan keyingi eng katta koʻrsatkichdir. Rossiya armiyasi 2024-yilning noyabr oyida Ukrainaning 725 kvadrat kilometr hududini egallab olgan edi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiya qoʻshinlari Ukraina hududining 19,3 foizini egallagan. Maʼlumot uchun, taxminan 7 foiz Qrim yarim oroli va Donbassning bir qismi 2022-yilning fevral oyidagi keng koʻlamli bosqin boshlanishidan oldin ham Rossiya nazorati ostida boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring