Rossiya hukumati migrantlar bolalarining maktabga qabul qilinishi ustidan nazorat oʻrnatmoqchi

Rossiya hukumati migrantlar farzandlarini maktabga qabul qilish jarayonini nazorat qilish uchun yangi mexanizm joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar qildi.
Loyihaga koʻra, mamlakat Ichki ishlar vazirligi tayyorlagan hukumat qarori bolalarni maktabga qabul qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha idoralararo axborot almashinuvini tartibga soladi. Uning yordamida rus tilidan test sinovini topshirmagan yoki turli sabablarga koʻra maktabga qabul qilinmagan migrantlar farzandlari haqida tezkor maʼlumot olish imkoni yaratiladi.
Hujjat shuningdek, maʼlumotlar almashinuvida ishtirok etuvchi davlat organlari va ularning axborot tizimlari roʻyxatini belgilaydi, maʼlumotlar formati hamda ularni tasdiqlash tartibini aniqlaydi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi, Davlat boshqaruv universiteti professori Vladimir Voloxning taʼkidlashicha, mazkur loyiha “migrant bolalarini aniqlash, ularni adaptatsiya qilish va Rossiya jamiyatiga integratsiyalashtirish”ga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring