Rossiya aholisini koronavirusga qarshi ommaviy emlash uchun qancha doza vaksina kerakligi maʼlum boʻldi
N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburgning taʼkidlashicha, Rossiya aholisini yangi turdagi koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlash uchun 70 million dozagacha vaksina kerak boʻladi.
Bu haqda mutaxassis “Krasnaya Zvezda” (“Qizil Yulduz”) gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
"Mamlakatimiz aholisini ommaviy emlash jarayoniga oʻtkazish uchun oldimizda taxminan 50-60 yoki ehtimol, 70 million doza vaksina tayyorlashdek mutlaqo misli koʻrilmagan vazifa turibdi”, deydi Ginsburg.
Rossiya hukumati hamda sogʻliqni saqlash tashkilotlari keng miqyosli vaksina ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun zarur choralar koʻrayotganligini taʼkidlayotgan Ginsburgning soʻzlariga koʻra, yaqindagi klinik sinovlari boshlangan COVID-19ga qarshi dori vositasi testi muvaffaqiyatli oʻtkazilsa, ommaviy emlash jarayoni kuzda boshlanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring