Ronaldu mashinalarini Turindan olib chiqib ketdi. Uning «Yuventus»ni tark etishi aniqqa oʻxshayapti

23:44 17 May 2021 Sport
1524 0

Foto: Reuters

Italiyaning «Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin shahridan barcha mashinalarini olib chiqib ketgan. 

Mashinalarni tashish bilan Lissabon kompaniya tomonidan amalga oshirilgan. Kompaniya Ronalduga tegishli yettita mashinani Italiyadan olib ketgan.

«Yuventus» Italiya A Seriyasining 37-turida «Inter»ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozondi — 3:2. Ammo ushbu gʻalaba klub uchun Chempionlar ligasiga yoʻllanma berish hududiga qaytish uchun yetarli boʻlmadi. Ayni paytda «Yuventus» chempionat jadvalida beshinchi oʻrinni egallab turibdi. Klub «Napoli» va “Milan”ga bir, «Atalanta»ga uch ochko boy bermoqda.

Gʻarb matbuoti Ronaldu mavsum oxirida «Yuventus»ni tark etishiga ishonmoqda. 

Ayrim manbalarga koʻra, u yana Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga qaytishi mumkin. 

Ronaldu 2003-yildan 2009-yilgacha «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. Klub tarkibida u uch marta Angliya chempionligini, mamlakat Kubogini va Superkubogini qoʻlga kiritgan. Ikki bor Liga kubogida zafar quchgan. Shuningdek, Chempionlar ligasi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib boʻlgan.

Ronaldu besh karra “Oltin toʻp” sohibi hisoblanadi. U 2016-yilda Portugaliya terma jamoasi bilan Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?