Ronaldu egizaklaridan biri vafot etgani maʼlum qildi

00:22 19 Aprel 2022 Sport
1462 0

Foto: AP

Krishtianu Ronaldu yangi tugʻilgan chaqalogʻining oʻlimi haqida xabar berdi.

“Kichik farzandimiz olamdan oʻtganini chuqur qaygʻu bilan maʼlum qilamiz. Faqatgina qizaloqning omon qolishi bizga bu onni umid va baxt bilan yengish uchun kuch beradi. Shifokorlar va hamshiralarga yordam uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz xafa boʻldik. Oʻgʻlim, sen bizning farishtamizsan. Seni abadiy sevamiz”, deb yozgan Ronaldu oʻzining «Instagram»dagi sahifasiga.

Ronaldu va Jorjina Rodriges 2017-yilda tugʻilgan qizi Alana Martinani tarbiyalamoqda. Bundan tashqari, futbolchining 2010-yilda nomaʼlum ayoldan tugʻilgan Krishtianu ismli oʻgʻli ham bor. 2017-yilda surrogat ona portugaliyalik futbolchiga egizaklar Eva va Mateoni dunyoga keltirib bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?