Ronaldu birinchi, Mbappe yettinchi, Messi esa bu reytingda yoʻq
Foto: Chempionat.com
Krishtianu Ronaldu “Yevro-2024”da imkoniyatlardan foydalanishning eng yomon koʻrsatkichini koʻrsatmoqda. Portugaliyalik gol kutilmasida -2.9 (deyarli 3 ta gol)ni yoʻqqa chiqardi.
Jamoasi bilan chorak finalga chiqqan Krishtianu nim-chorakda Sloveniya jamoasi darvozasiga belgilangan penaltini ura olmadi va bu unga antirekord oʻrnatishga yetarli boʻldi. Penaltini ura olmagan Ronaldu oʻyin soʻnggida oʻz xatosini yuvdi va jamoasi bilan chorak finalga chiqdi.
Portugaliya ushbu bosqichda Mbappe boshchiligidagi Fransiya toʻsigʻini yengishiga toʻgʻri keladi.
Ushbu antirekordda “Top 10” futbolchilar quyidagi koʻrinishda:
1. Krishtianu Ronaldu (-2,9);
2. Romelu Lukaku (-2,3);
3. Kay Havertz (-2);
4. Lamin Yamal (-1,8);
5. Aleksandr Mitrovich (-1,8);
6. Antuan Grizmann (-1,6);
7. Kilian Mbappe (-1,5);
8. Ante Budimir (-1,4);
9. Rasmus Xaylund (-1,4);
10. Bruno Petkovich (-1,3).
Lionel Messi hozirda Argentina bilan “Copa America” musobaqasida ishtirok etmoqda va u ham Ronaldu singari hali turnirda birorta gol ura olmadi.
Avvalroq, ikki musobaqada ham chorak final juftliklari va oʻyin vaqtlarini xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring