Respublika muzeylari fondida Oʻzbekiston tarixi bilan bogʻliq 2,5 mlndan ziyod noyob ashyo va kolleksiya saqlanadi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi Axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova maʼlum qildi.
Brifingda qayd etilishicha, 25-26-may kunlari Samarqand shahrida Madaniy meros agentligi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar” xalqaro forumi boʻlib oʻtadi.
Hozirgi kunga qadar Milliy muzey fondining davlat katalogiga davlat muzey va muzey-qoʻriqxona hamda uy-muzeylaridan jami 1,2 mlnga yaqin muzey ashyolari kiritilgan.
“Milliy merosga mening hissam!» aksiyasi doirasida bugungi kunga qadar aholidan jami 3 811 ta ashyo va buyumlar toʻplandi. Shundan, 3 400 ta ashyo va buyumlar aholi tomonidan muzeylarga begʻaraz topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “Ochiq eshiklar kuni” deb eʼlon qilingan va tashrif buyuruvchilarga bepul etib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring