Respublika “Kelajak” markazi tashkil etiladi
“Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi hamda Respublika oʻquvchi-yoshlar markazi negizida Respublika “Kelajak” markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar) “Kelajak” markazlari tashkil etiladi:
Shuningdek, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida bolalar sayyohlik bazalari tashkil qilinadi.
Bundan tashqari, “Kelajak” markazlarining umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish maqsadida oʻquvchilar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
“Maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi”, — deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, 2026-yil 1-sentyabrdan menejerlik sertifikatiga ega maktab maslahatchilariga lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring