Rasmiy munosabat: “Oʻzbekgidroenergo” AJ “Sardoba“ suv ombori qurilishida masʼul etib belgilanmagan va ishtirok etmagan

“Oʻzbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati “Sardoba“ suv ombori toʻgʻonining oʻpirilishi yuzasidan tarqatilayotgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
“Sardoba“ suv ombori toʻgʻonining oʻpirilishi yuzasidan mamlakatimiz va xorijiy OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan, “Oʻzbekgidroenergo” AJ nufuziga qarshi qaratilgan notoʻgʻri talqinlar, asossiz va yuzaki yondashuvlarga nisbatan quyidagi rasmiy munosabatimizni maʼlum qilamiz.
Maʼlumki, 2010 — 2017-yillar mobaynida “Sardoba“ suv ombori barpo etilgan. Ushbu qurilishda buyurtmachi sifatida Suv xoʻjaligi vazirligi (sobiq Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Oʻztemiryoʻlqurilishmontaj” unitar korxonasi bosh pudratchi sifatida ishtirok etgan. Bundan tashqari, ushbu obyektda 10 dan ziyod yordamchi pudratchi tashkilotlar (subpodryadchik) qatorida “Rezaksoy suv qurilish” MCHJ (hozirgi nomi – “Toʻpalang Water Construction” MCHJ) ham qurilish jarayonlarida oʻziga ajratilgan qism boʻyicha qurilish ishlarini bajargan. Mazkur MCHJ tomonidan bajarilgan ishlar tegishli tartibda qabul qilib olingan.
“Sardoba“ suv omborida sodir boʻlgan falokatning tegishli qismida “Toʻpalang HPD Holding” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmaganligini hamda Abduraxmonov Islom Abduganiyevich 2010 — 2017-yillarda “Toʻpalang HPD Holding” MCHJ hamda uning tegishli shirkat tashkilotlarida umuman faoliyat yuritmaganini alohida taʼkidlaymiz.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yildagi 18-maydagi PF-5044 sonli Farmoniga asosan “Oʻzbekgidroenergo” AJ tashkil etilgan. Shuni aytish joizki, “Oʻzbekgidroenergo” AJ “Sardoba“ suv ombori qurilishida masʼul etib belgilanmagan va ishtirok etmagan.
“Sardoba“ suv omborining ekspluatatsiyasiga oid faoliyati “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan maʼlumotlar asossiz ekanligini maʼlum qilamiz“, deyiladi “Oʻzbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati tomonidan bildirilgan rasmiy munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring