RASMIY BAYONOT

16:24 02 Aprel 2020 Jamiyat
1603 0

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi shuni maʼlum qiladiki, Koronavirus infeksiyasi munosabati bilan eʼlon qilingan karantin davrida xavfli ishlarni olib borish uchun berilgan va muddati tugayotgan ruxsat beruvchi hujjatlar, yaʼni litsenziyalar, xulosalar hamda ruxsatnomalarning amal qilish muddati amalda va yuridik kuchga ega deb hisoblanadi.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar karantin davrida tugayotgan ruxsat beruvchi hujjatlarni choʻzdirish va yangi ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun qoʻmitaning tegishli tarkibiy tuzilmalariga murojaat etishingizni soʻraymiz.

Batafsil maʼlumot uchun: 71 244 23 53.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?