Rasman: Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga yangi nomzod maʼqullandi
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda parlament quyi palatasida tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, deputatlar Hukumat aʼzoligiga tayinlanayotgan nomzodni koʻrib chiqdilar.
Bu gal Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga nomzod muhokamasi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Qudbiyevning nomzodi koʻrsatilgan.
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan Sherzod Qudbiyev parlament aʼzolari tomondan koʻtarilgan savollarga atroflicha javob qaytardi. Nomzod mazkur lavozimga kirishganidan soʻng soliq sohasidagi islohotlarning samaradorligini taʼminlash maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida qisqacha axborot berdi.
Savol-javob, muhokamalardan soʻng majlis yakunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sherzod Qudbiyevni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga maʼqullash haqidagi qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring