Raqamli imzo planshetlari nima uchun kerak?

12:18 04 Mart 2020 Jamiyat
1038 0

Illyustrativ foto

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. DXA Sirdaryo viloyati boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar shoʻbasining xabariga koʻra, Sirdaryo viloyatidagi barcha davlat xizmatlari markazlariga raqamli imzo planshetlari oʻrnatildi. Endi ulardan bolani bogʻchaga joylashtirish va sudlanmaganlik haqida maʼlumotnoma olish jarayonida foydalanish mumkin.

Avval elektron raqamli imzo olish boʻyicha murojaat qiluvchi ana shu maʼlumot saqlangan fleshkasi bilan kelishi zarur edi.Raqamli imzo planshetlari ushbu muammoni hal qildi. Qolaversa, mazkur xizmat bepul amalga oshirilmoqda.

Raqamli imzo va elektron raqamli imzo elektron hujjatlarni tasdiqlashda odatiy imzo kuchiga ega boʻlib, xizmatdan foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash uchun kerak. Baʼzi maʼlumotlar maxfiy va faqat fuqaroga yoki uning notarial tasdiqlangan vakiliga taqdim etilayotgani bois, bu jarayon axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan mavjud boʻlishi shart.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?