Ramazon tuhfasi

11:06 19 Fevral 2026 Jamiyat
172 0

Joriy yilning 13-fevral kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida muhtaram Prezidentimiz muborak Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan ichki bozorda narx-navo barqarorligini taʼminlash, dehqon bozorlari va yirik savdo majmualarida oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil qilish boʻyicha topshiriq bergan edilar. Xorazm viloyatida ham barcha shahar va tumanlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyat boshladi. Bu esa Ramazon oyida xalqimizni arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Yarmarkada mahalliy ishlab chiqaruvchilar va fermer xoʻjaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan meva, sabzavot, don, goʻsht va sut mahsulotlari bozor narxidan arzonroq sotuvga qoʻyildi.

-Ramazon oyida oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilishi juda yaxshi tashabbus, — deydi mehnat faxriysi Umrbek Shomurodov. — Masalan, bu yerda 1 kilogramm goʻsht bozordagiga nisbatan deyarli 30-40 ming soʻm arzon turarkan. Bu esa, ayniqsa, koʻp bolali oilalar uchun katta yordam. Bundan tashqari oziq-ovqat mahsulotlari ehtiyojmand oilalarga homiylik yoʻli bilan yetkazib berilayotgani ham alohida tahsinga sazovor. Ramazon oyida tashkil etilgan bu kabi yarmarkalar nafaqat aholining kundalik ehtiyojini qondirish, balki millatning mehr-oqibat va saxovat anʼanalarini namoyon etishga ham xizmat qilmoqda.

Odilbek ODAMBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер